Jahon | 08:32 / 05.10.2017
71414
2 daqiqa o‘qiladi

"Vnukovo" aeroportida Saudiya Arabistoni podshohi bilan noqulay vaziyat yuzaga keldi

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning Moskvadagi "Vnukovo" aeroportiga kelgan samolyotiga qo‘yilgan trap-eskalator to‘satdan ishlamay qolgan. Bu noqulay vaziyat sababli podshoh trapdan piyoda tushishiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu holat videosi RT telekanalining YouTube’dagi sahifasida joylashtirilgan. 

Videoda ko‘rinishicha, qirol trapdan eskalator yordamida tushib kelayotganda, yo‘l boshida eskalator birdaniga ishlamay qoladi. Qirol eskalator yana ishga tushib ketishini biroz kutgach, u ishlayvermagach piyoda tushishga qaror qilgan.

Saudiya Arabistoni qiroli Rossiyaga podshoh sifatida ilk marta tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmonni aeroportda Preobrajyensk polki faxriy qorovuli va orkestr, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov va To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar Rossiya jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev kutib olganlar. Qirol Moskvada 7 oktabrgacha bo‘lishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid