Light | 19:00 / 07.10.2017
135327
5 daqiqa o‘qiladi

Asalning siz bilmagan 12 shifobaxsh xususiyati

Foto: Layfxaker

Asal — nafaqat shirinlik, balki sog‘liqdagi ko‘plab muammolarni bartaraf etishdagi yordamchimiz ham.

Shuni yodda tutish kerakki, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar va allergiyadan aziyat chekuvchilarga asal iste'mol qilish mumkin emas. Asal davolanishdagi asosiy emas, yordamchi vosita hisoblanadi. "Layfxaker" asalning siz bilmagan 12 shifobaxsh xususiyati haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

1. Akneni davolash

Asalli niqob yuzdagi dog‘ va qizarishlardan forig‘ bo‘lishga yordam beradi. Uni tayyorlash uchun 1 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq zaytun yog‘ini yaxshilab aralashtirish kerak. Hosil bo‘lgan massani yuzga surib, 20 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuvib tashlash lozim. Asal yuz terisini tozalab, unga tetiklik baxsh etadi.

2. GERKni davolash

Gastroezofagel reflyuks kasallik (GERK) — jig‘ildon qaynashi bilan birga kuzatiladigan qizilo‘ngach yallig‘lanishi. Asal oshqozondagi kislotalilik darajasini normallashtiradi.

Qizilo‘ngachning shilliq qavatini yumshatish va tiklash uchun kuniga ikki marta ovqatdan bir soat oldin 1 choy qoshiq (5 ml) asal qabul qilinadi.

3. Stomatitni davolash

Asal kichik yallig‘lanishlarni yengishga yordam berib, stomatit belgilarini yengillashtiradi.

Paxtani suv bilan xo‘llab, uni og‘izdagi yaralarga tekkizing. So‘ngra quruq paxtali cho‘p yordamida oz miqdordagi asal bilan ishlov bering. Mazkur muolajani kuniga bir necha marta takrorlang.

4. Yo‘talni davolash

Foto: healthawareness.co.uk

200 g iliq suvda yarim choy qoshiq qahva va 2,5 choy qoshiq asalni aralashtiring. Kuniga uch mahal qabul qiling. Asal tomoqni yumshatadi va uni dag‘allikdan xalos etadi. Kofein esa bronxlarni kengaytirib, nafas olishni yengillashtiradi.

5. Ekzema va seboreya dermatitini davolash

Ekzema terining dag‘allashishi, qizarishi, qichishi va tabiiyki, qonashiga olib keladi. Seboreya dermatitida xuddi shu belgilar yuzda va boshda paydo bo‘ladi.

Kasallik belgilarini yengillashtirish uchun har kuni jarohat joyiga asalli bog‘lamani qo‘yib, 3 soatga qoldiring.

6. Tumovni davolash

Asal shuningdek tumov belgilarini yengillashtirishga ham yordam beradi. Agar tumovga yo‘liqqan bo‘lsangiz, har uch soatda 1 osh qoshiqdan asal yeng. Asal choy esa viruslar bilan kurashda yordam berib, immunitetni mustahkamlaydi.

7. Uyqusizlikni davolash

1 osh qoshiq asalni bir piyola sutga solib aralashtiring. Ta'm berish uchun unga vanil yoki dolchin qo‘shish mumkin.

Sut tarkibida melatonin va triptofan mavjud - ular tinchlantiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lib, uyquni normallashtiradi. Asal esa triptofanning miyaga tezroq yetib borishiga yordam beruvchi insulin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. 

8. Jarohatlarni davolash

Foto: wday.ru

Kesilgan yoki tirnalgan joyga asalli bog‘lama qo‘ying. Bu unga virus tushishining oldini oladi. Asal defensin-1 oqsili tufayli antibakterial xususiyatga egadir. Ushbu oqsil asalarilar immun tizimining bir qismi hisoblanadi. Shuning uchun asal bakteriyalarni quritib, yo‘q qiladi.

9. Bavosilni davolash

1 choy qoshiq asal, 50 ml zaytun yog‘i va 50 g asalari mumidan maz hosil qiling. Uni dokaga surib, kuniga ikki mahaldan og‘riqli joyga qo‘ying. Bu og‘riq, qon ketish va dag‘allashuv jarayonlarini kamaytiradi.

10. Oddiy uchuqni davolash

Lab atrofidagi uchuqni davolash uchun kuniga to‘rt marta asalga botirilgan bog‘lama qo‘ying.

11. Dag‘allashgan lablarni davolash

Asaldan lab uchun skrab sifatida foydalaning. U yumshatuvchi va namlantiruvchi ta'sirga ega.

12. Sport bilan shug‘ullangandan keyin qayta tiklanish

Foto: wallpapersok.com

Asal sport bilan shug‘ullangandan keyin qondagi qand miqdorini normallashtiradi. Agar mashg‘ulotlar vaqtida asal qabul qilsangiz, bu hatto sportdagi yutuqlaringizni yaxshilashi mumkin.

Mavzuga oid