Sport | 10:02 / 07.10.2017
13335
2 daqiqa o‘qiladi

Runi majburiy ishlarni bajarishga kirishdi

Foto: Getty Images

Britaniyalik futbolchi Ueyn Runi mast holda avtomobil boshqarganligi sud tomonidan tayinlangan 100 soatlik majburiy ishlarni bajarishga kirishdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Nashr jurnalistlari Liverpulning "Everton" klubi hujumchisini Cheshir grafligidagi Prestberi shahrida joylashgan olti million funtlik qiymatga ega o‘z uyi yaqinidagi qariyalar uyi bog‘ida o‘rindiqlarni bo‘yash bilan shug‘ullanayotganini aniqlashgan.

Runi 1 sentabr kuni Laura Simpson ismli ayol bilan birga qo‘lga olingandi. Alkotester alkogolning ruxsat etilgan darajasi uch barobar ko‘pligini ko‘rsatdi. Sportchi o‘z aybini tan oldi.

Ertasi kuni esa uning homilador rafiqasi Kolin uch farzandi bilan birga uyni tark etdi.

Runi - Angliya terma jamoasi tarixidagi eng sermahsul futbolchidir. U 119 o‘yinda 53 ta gol kiritgan. Yozda futbolchi terma jamoa uchun maydonga tushishni to‘xtatdi. U haftasiga 150 ming funt sterling ishlab topadi.

Mavzuga oid