O‘zbekiston | 16:10 / 11.10.2017
8442
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi «ShHT-Afg‘oniston» muloqot guruhi majlisida ishtirok etdi

2017 yilning 11 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Moskvada bo‘lib o‘tgan «ShHT – Afg‘oniston» muloqot guruhining majlisida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar – Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston – vakillari Afg‘oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan birgalikda Afg‘oniston va uning atrofidagi vaziyat va uni tartibga solish yo‘llari to‘g‘risida fikr almashdi.

ShHT va Afg‘oniston o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ustuvor vazifalarga alohida e'tibor qaratildi.

Mavzuga oid