Xitoy universitetlarida 7 million qariya ta'lim olishmoqda
Xitoyda yetti millionga yaqin qariyalar uchinchi yosh universitetlarida ta'lim olishmoqda. Sinxua agentligi Xitoy ta'lim vazirligi ma'lumotlariga asoslanib, ana shunday xabar tarqatdi.
XXRda qariya fuqarolar uchun mo‘ljallangan uchinchi yosh universitetlari va shunga o‘xshash boshqa o‘quv dargohlari ochilmoqda. XXR Davlat kengashining 2016–2020 yillarda qariyalarning ta'lim olishini rivojlantirish rejasiga ko‘ra 2020 yilga borib har bir shaharda kamida bitta uchinchi yosh universiteti ochilishi kerak.
Xitoyda ayni paytda uchinchi yoshdagilar uchun 60 mingdan ziyod universitet va boshqa ta'lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ta'kidlash joizki, 2016 yil so‘ngiga kelib, Xitoyda 60 yoshdan oshgan 230 million kishi ro‘yxatga olingan. 2020 yilga borib esa Xitoy aholisi 1,42 milliard kishiga yetishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:51 / 24.04.2023