Video: Perulik futbolchi Kolumbiya bilan o‘yinda kelishuv bo‘lganini tan oldi
Peru terma jamoasi yarimhimoyachisi Renato Tapiya kolumbiyaliklar bilan durang natija haqida kelishuv bo‘lganini tan oldi.
Ma'lumki, JCh-2018 saralashidan o‘rin olgan Peru - Kolumbiya o‘yini 1:1 hisobida yakunlanib, mezbonlar qit'alararo pley-off bosqichiga yo‘l olgan, mehmonlar esa jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
«So‘nggi 5 daqiqa ichida kolumbiyaliklar bizga murojaat qilishdi. Ular boshqa stadionlardagi natijalardan xabardor edi va o‘yin biz xohlagandek yakunlandi.
Falkao bilan o‘zim gaplashdim va u durang natijani ushlab tursak, ikkala jamoa ham keyingi bosqichga chiqishini aytdi» , – dedi Tapiya Marca nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq, bu o‘yinning 76-daqiqasida hisob tenglashgach, Kolumbiya terma jamoasi yetakchisi Radamel Falkao peruliklardan hujum qilmaslikni so‘ragani, chunki bu natija har ikkala terma jamoani qoniqtirishini aytgani haqida xabarlar berilgan edi. Natijada, Chili terma jamoasi JCh-2018 yo‘llanmasidan quruq qoldi.
Mavzuga oid
19:32 / 28.11.2024
Kolumbiya politsiyasi 225 tonna kokain va 6 ta «narkosubmarina»ni musodara qildi
14:22 / 16.11.2024
Peruda Xitoy sarmoyasiga qurilgan megaport ochildi
18:24 / 04.11.2024
Peruda futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi
00:47 / 26.10.2024