Sport | 18:26 / 18.10.2017
34053
1 daqiqa o‘qiladi

11 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi Xalqaro usta unvonini oldi

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi

Osiyo va O‘zbekiston chempioni Javohir Sindorov shaxmat bo‘yicha Xalqaro usta unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

Ma'lumot uchun, Xalqaro usta – shaxmatchilarga 1950 yildan beri FIDE tomonidan beriladigan shaxmat unvoni bo‘lib, ma'lum malaka talablarini bajarganlik uchun taqdim etiladi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi yosh grossmeyster - Javohir Sindorovga samimiy qutlovlar yo‘llagan. «Mustahkam sog‘lik, shaxmatda muvaffaqiyatlar va grossmeysterlik cho‘qqilarini tilaymiz». - deyiladi O‘ShF tabrigida.

Mavzuga oid