Fan-texnika | 23:15 / 19.10.2017
7196
4 daqiqa o‘qiladi

Apple rasmiy servislarda ta'mirlanmagan smartfonlarni bloklamoqchi

Foto: REUTERS/Andrew Kelly

Apple norasmiy servislarda ta'mirlangan barcha qurilmalarini bloklamoqchi. Life shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi

Bir necha yil oldin AQShda mojaro chiqdi. Smartfonlarning bunga aloqasi deyarli bo‘lmasa-da, bevosita aloqasi bor. Muayyan ishlab chiqaruvchidan kombaynlar xarid qilgan fermerlar kutilmaganda qo‘shimcha to‘lovsiz va murakkab texnikaning bort tizimlarida DTni o‘z vaqtida yangilamay turib, ulardan foydalana olmasligini aniqlashdi. 

Tasavvur qiling, shirinlik xarid qildingiz, uni endi yemoqchi bo‘lganingizda, hozirgina sizdan pullarni sanab olgan sotuvchi buni sizga taqiqlaydi, chunki siz shirinlikni boshqa tomondan yeyishni boshlagansiz. Xuddi shunday holat. Bunga ko‘p misollar keltirish mumkin. 

Shu tariqa yangi kapitalistlar umuman olganda kapital hukumati poydevorini - xususiy mulkning shartsiz  huquqini buzishadi. Smartfonning qaysi detallaridan, qaysi dasturiy ta'minotdan, qaysi zaryad manbaidan va qanday g‘ilofdan foydalangan ma'qulligini juda yaxshi biluvchi Apple ham shu yo‘ldan ketmoqda. 

Bir o‘ylab ko‘ring, siz shartli ravishdagina o‘zingizga tegishli bo‘lgan buyumni xarid qilishni xohlarmidingiz? Apple esa baribir sotib olasiz deb hisoblaydi. Hozircha operatsion tizimning 11-versiyagacha yangilanishida Apple kim ularning smartfonlaridan foydalana oladi-yu, kim to‘liq foydalanish imkoniga ega bo‘lmasligi borasidagi hukmni o‘zida qoldirdi. 

Buning karsheringga hech qanday aloqasi yo‘q, chunki siz ijaraga mashinaga o‘tirib, biryo‘la avtomobil narxini to‘lamaysiz, faqat undan vaqtincha foydalanganlik uchun to‘lov kiritasiz. Smartfon uchun esa biryo‘la to‘liq pul to‘laysiz, biroq u sizga qisman tegishli bo‘ladi. Ha, u yoqiladi, energiya sarflaydi va quvvatlanadi, ammo DT ishlab chiqaruvchisini nimadir qoniqtirmasa, siz smartfondan umuman foydalana olmasligingiz mumkin.

Apple kompaniyasi siz gadjyetni ta'mirlashda nooriginal detallarni qo‘llagan taqdiringizda, DTdan foydalanish imkonini cheklash huquqini o‘zida qoldirmoqda. Google esa, deylik, ertaga Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan urishib qoladi - va ularning barcha smartfonlarini "qovoq"qa aylantiradi. 

Biz dasturiy ta'minot asirlariga aylanib qoldik. Hozirda barcha aloqa operatorlari qiziqayotgan "internet buyumlar" korporatsiyalarga real vaqt rejimida sizning har bir qadamingizni kuzatish imkonini beradi. 

Albatta, ishda o‘tirib o‘z muzlatgichi bilan suhbatlashish yoki maxsus qurilmalarga kechki ovqatni tayyorlashni buyurish yaxshi. Biroq bu yaqin kelajakda nimaga olib keladi? Bunday holda o‘zimizga o‘zimiz tegishli bo‘lamizmi yoki faqat bir savdo belgisiga mansub Ariston va Nestle shartnomalariga qaram bo‘lamizmi? Bunga esa dasturiy ta'minotlarning nomuvofiqligi sabab bo‘ladi. 

Bir muddat oshirib yubormayapmanmi deb o‘ylab qoldim. Tinchlanish uchun bir digital-ekspertdan to‘g‘ri fikrlayapmanmi, aslida shundaymi yoki yo‘q deb so‘radim. U meni tinchlantirishga shoshildi: barchasi siz o‘ylaganingizdan-da battar. Biotexnologiyalar rivojlangan sari vaziyat yanada murakkablashadi - nima yeb ichishni ham siz uchun hal qilishadi. 

Mavzuga oid