Jamiyat | 15:10 / 19.10.2017
17905
1 daqiqa o‘qiladi

Keksalikni sog‘lom qarshi olish usuli ma'lum qilindi

Foto: © RIA Novosti

Buyuk britaniyalik olimlar guruhi keksalikni sog‘lom jismoniy holatda qarshi olishning samarali usuli haqida ma'lum qildi. EurekAlert! portali shu haqida xabar berdi. 

Tadqiqotda 1946 yilning martida tug‘ilgan mingga yaqin britaniyalik ishtirok etgan. Olimlar ularning ongli hayot davomidagi ovqatlanish tarzini kuzatishdi, keksalikda esa - jismoniy salomatligini. Ular butun hayoti davomida shubhali zamonaviy parhezga rioya qilishdi va shu kunlargacha boshqalarga nisbatan sog‘lom holatda yetib kelishdi. 

Tadqiqotning yetakchi muallifi Sian Robinsonning ta'kidlashicha, to‘g‘ri ovqatlanish katta yoshlilarning  jismoniy salohiyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Gap qayta ishlanmagan mahsulotlar, meva va sabzavotlar, shu bilan birga donli ekinlar haqida ketmoqda.

Mavzuga oid