Jahon | 08:00 / 25.10.2017
6441
2 daqiqa o‘qiladi

Marokash qiroli bir necha vazirni iste'foga chiqardi

Foto: northafricapost.com

Marokash qiroli Muhammad VI bir necha vazir va bir necha yuqori lavozimli mansabdor shaxslarni Al-Husaym shahrini rivojlantirish bo‘yicha vazifani bajarmaganlari uchun iste'foga chiqardi. Bu shaharda anchadan beri notinch vaziyat saqlanib qolmoqda. Bu haqda  North Africa Post nashri ma'lum qildi

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qirol hisob palatasining hisobotini olgandan keyin bu qarorni qabul qilgan. Hisobotda ko‘p sonli muammolar va vazirlarning mas'uliyatsizligi haqida so‘zlangan. Qirol hukumat boshlig‘idan o‘z lavozimlarini tark etayotgan vazirlar almashtirilishi sababli vazirlar mahkamasida o‘zgarishlar bo‘lishiga tayyorlanishni so‘ragan.  

Ma'lum qilinishicha, iste'foga chiqarilganlar orasida ta'lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy va shahar siyosati vazirlari bor.

Al-Husaymdagi notinch vaziyat o‘tgan yil oktabridan saqlanib qolmoqda. Bu yerda mahalliy baliqchi musodara qilingan baliqni chiqindi mashinasidan olmoqchi bo‘lganda u tomondan bosib yuborilgan. Baliqchining o‘limi "korrupsiya va adolatsizlikka" qarshi noroziliklar to‘lqinini keltirib chiqargan.

Mavzuga oid