O‘zbekiston | 17:00 / 26.10.2017
22685
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: O‘zbekiston hududidan Alvarez-dinozavri suyak qoldiqlari topildi

25 oktabr kuni PLOS ONE  ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada aytilishicha, O‘zbekiston hududidan topilgan Alvarez-dinozavr suyaklari tirik jonzotlarni kelib chiqish tarixini qaytadan o‘rganishda asosiy manba bo‘lishi mumkin.

AQShning Smitson instituti tadqiqotchisi Hans-Diter Sues va Rossiya FAA Zoologiya instituti ilmiy xodimi Aleksandr Averianov tomonidan o‘rganilgan dinozavr suyaklari haqiqatan Alvarezaoridlarga tegishli ekani isbotlandi.

Tadqiqotchilarning aytishicha, Alvarez-dinozavrlari tabiatan kam uchraydigan, o‘rta jismli, old qo‘llari kalta jonzot bo‘lgan. Uning suyak qoldiqlari O‘zbekistondan topilishi kelgusida kamyob dinozavr turining Osiyoda keng tarqalgan bo‘lishi mumkinligiga ishora qiladi.

Mutaxassislar suyak qoldiqlari O‘zbekistonning Qizilqum cho‘llarida joylashgan eski tog‘ darasidan topilganini aytishmoqda.

Mavzuga oid