Jahon | 18:20 / 26.10.2017
26219
2 daqiqa o‘qiladi

JSST butun dunyoga xavf solishi mumkin bo‘lgan kasallik haqida ogohlantirdi 

Foto: Imgur

Madagaskarda avj olayotgan o‘lat qo‘shni to‘qqizta davlatga kirib kelishi hamda butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketishi mumkin, deya ogohlantirmoqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST). Katta xavf bu kasallikning yengil shaklidan keladi, u insondan insonga havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi.

Bugungi kunda bu juda xavfli xastalikdan halok bo‘lganlar soni 124 kishiga teng, u yana 1300 dan ortiq insonga yuqib ulgurgan. Hamda, ekspertlarning fikricha, bu raqamlar faqat o‘sib boradi, chunki bemorlarning uchdan ikki qismi o‘latning aynan o‘pka shakli bilan kasallangan, deb xabar bermoqda The Sun.

"Garchi qora o‘lat holatlari Madagaskarda deyarli har yili qayd etilsa ham, bu epidemiya ancha xavfliroq", - deya ma'lum qildi Qiziq Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Xalqaro federatsiyasi bosh kotibi Alxoj As Si.

O‘lat belgilariga kutilmaganda yuz beruvchi bezgak, bosh va tanadagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi hamda qayd qilish kiradi, biroq inkubatsiya davrida kasallik umuman sezilmaydi. Kasallanganlar esa atrofdagilarga xavf tug‘dirishlari mumkin ekanini xayollariga ham keltirmaydilar, samolyotlarda safar qilish o‘latni butun dunyoga tarqatib yuborishi mumkin.

JSST Madagaskar yonida joylashgan to‘qqiz davlat uchun ogohlantirish e'lon qildi. Bugungi kunda Efiopiya, Keniya, Tanzaniya, Mozambik, JAR va qator orol davlatlar zarba ostida qolgan.

Mavzuga oid