Jahon | 23:40 / 30.10.2017
10189
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda jamoat joylarida sigaret va chilim chekish taqiqlab qo‘yildi

Foto: GETTY IMAGES

Tojikiston parlamenti quyi palatasi tomondan "Tamaki mahsulotlarini qo‘llashni cheklash to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingandan keyin Tojikistonda chilim chekish taqiqlab qo‘yildi. 

Hujjatga ko‘ra, barlar, kafe va restoranlarda sigaret va chilim chekish taqiqlanadi. Shuningdek, sigaretlar qutisida ularning iste'mol qilinishi ziyon ekanligi haqidagi ogohlantirish joylashtirilishi shart qilib qo‘yildi.

Yangi qonunga ko‘ra, sigaretlarni donalab sotish taqiqlanadi, sotilayotgan sigaret pachkasida 20 donadan kam sigaret bo‘lishi kerak emas.

Tamaki mahsulotlari chekiladigan hududlar sezilarli cheklanadi. Bu taqiqlov ma'muriy binolar, davlat va nodavlat korxonalari ishchi xonalari, turar joy binolari yo‘laklari, liftlar, yer osti o‘tish joylari, aeroportlar, vokzallar, sanatoriyalar, yotoqxonalar va jamoat transportida amal qiladi. 

Rossiyaning Jamoat salomatligi va demografiya kengashi raisi Darya Xalturinaning fikricha, aholining chekishni taqiqlashdan noroziligi haqidagi gaplar tamaki ishlab chiqarish sanoati tomondan qo‘llab-quvvatlanuvchi uydirmadir.

Mavzuga oid