Jahon | 18:30 / 01.11.2017
34733
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York markazida yana bir ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi

Foto: NBC 4 New York

Nyu-York markazida chorshanba kuni yana bir ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi, deb xabar qilmoqda New York Post gazetasi.

Xabarga ko‘ra, Manhetten tumanida noma'lum shaxs ayolning qorniga to‘pponchadan o‘q uzgan, so‘ng o‘z joniga qasd qilgan. Otishma ayol Cooper Union kolleji yonida to‘xtagan mashinadan chiqayotganida yuz berdi. 

Jinoyatchining maqsadi nima bo‘lgani hozircha aniqlanmadi.

31 oktabr, seshanba kuni Manhettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. O‘zbekistonlik Sayfullo Soipov terakt ijrochiligidagi asosiy gumondor bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid