Qirg‘iz OAV: Qozog‘iston javob choralari uchun yo‘l ochib berdi
Qozog‘iston Qirg‘izistonga javob choralari uchun yo‘l ochib berdi, deya ma'lum qildi Qirg‘iziston Respublikasi bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Oleg Pankratov qozoq-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha muammo haqida gapirar ekan. Bu haqda «24.kg» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda ham, Qozog‘istonda ham vaziyatni cho‘zishdan iqtisodiy manfaat yo‘q.
«Boz ustiga biz Qozog‘istonga nisbatan qandaydir javob choralarini joriy etish uchun ma'nan haqimiz bor. Shuning uchun vaziyatga yechim topiladi», - deya aytib o‘tgan bosh vazir sobiq o‘rinbosari.
Oleg Pankratov Qirg‘iziston qanday javob choralarini qo‘llashi mumkinligi haqidagi savolga shunday javob berdi: «Biz o‘zaro savdo to‘g‘risidagi tartib bo‘yicha javob choralarini ko‘rishimiz mumkin». Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Qirg‘iziston hech qachon haqiqiy bosim mexanizmlarini qo‘llamagan. «Biroq biz aniq harakatlarga ma'nan huquqni qo‘lga kiritdik», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Oleg Pankratovning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Rossiya OAVlari Qirg‘iziston insofsiz qo‘shni ekani haqida yozishmoqda. «Bu noto‘g‘ri. Biz keltirib chiqarayotgan muammolar umumiy miqdorning o‘ndan biri yoki yuzdan biriga teng», - deya aytib o‘tdi u.
10 oktabrdan boshlab Qozog‘iston qozoq-qirg‘iz va qozoq-rus chegaralaridagi nazoratni kuchaytirdi. Nazorat-o‘tkazish punktida Qirg‘izistondan chiqib ketadigan og‘ir yuk mashinalarining katta navbatlari yuzaga kelmoqda.
Mavzuga oid
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024