Jamiyat | 12:20 / 03.11.2017
21922
6 daqiqa o‘qiladi

Forbes reytingi: Eng qimmatbaho sport brendlari

Forbes 2007 yilda ilk marta sport brendlari reytingini tuzgan edi. O‘shanda 5,6 milliard dollarga baholangan Nike biznes-reytingda ikkinchi o‘rinni egallagandi, Amerika kompaniyasining jahon krossovkalar bozoridagi ulushi esa 31 foizni tashkil qilgan - bu Adidas, Puma va Reebok ulushlarini qo‘shib hisoblaganda ham ko‘p, demakdir. O‘shandan buyon inflyatsiyani hisobga olganda, brend deyarli 4 karra qimmatlashdi (hozirda Forbes uni 29,6 milliard dollarga baholamoqda) va sanoatda mutlaq yetakchiga aylandi. 2017-yilgi reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan ESPN (15,8 milliard dollar) ikkinchi yil ketma-ket obunachilarini yo‘qotmoqda, bu uning daromadi va brend bahosiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Nike'ning sport ekipirovkasidagi asosiy raqibi hisoblangan Adidas kompaniyasi bir yil ichida o‘z brendi bahosini 12,9 foizga ko‘tardi - bunga asosan Kane Uest poyabzal lineykasining katta muvaffaqiyati sabab bo‘ldi. Forbes sport brend-reytingining ikkinchi qismiga doir ma'lumotlarini taqdim etdi (birinchi qismi sport hodisalariga oid bo‘lgan). 

1. Nike

Foto: Getty Images 

Brend qiymati: 29,6 milliard dollar 
Yil davomidagi dinamikasi: +9,6 foiz

2017 yilning ilk sakkiz oyida Nike kompaniyasining Amerika krossovkalar bozoridagi dollardagi ulushi 39 foizdan 37 foizga qisqardi. Shunday bo‘lsa-da, u hanuz eng yirik natijani qayd etmoqda, bu esa kompaniyaga sohaning mutlaq yetakchisi bo‘lib qolish imkonini bermoqda.

2. ESPN

Foto: Ralph Notaro/Getty Images 

Brend qiymati: 15,8 milliard dollar
Yillik dinamikasi: –4,2 foiz

2017 yilda ESPN'ga obuna bo‘lgan uy xo‘jaliklari soni 2015 yilga nisbatan 7,4 foizga kamaydi. Telekanalning Walt Disney korporatsiyasi daromadlariga qo‘shgan hissasi 20 foizga yaqinlashmoqda, bir necha yil ilgari esa uchdan bir qismidan ko‘proqni tashkil qilgan.

3. Adidas     

Foto: Getty Images 

Brend qiymati: 7,9 milliard dollar
Yillik dinamikasi: +12,9 foiz

2017 yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, Adidas Nike'ga tegishli Jordan brendini Amerika bozoridagi eng xaridorbop krossovkalar reytingning ikkinchi pog‘onasidan ko‘chirib yubordi. Endilikda Germaniya brendining ulushi 11,3 foizni tashkil qilmoqda. 

4. Sky Sports

Foto: TACC

Brend qiymati: 5,5 milliard dollar
Yillik dinamikasi: +10 foiz

Angliya premer-ligasining teleauditoriyasi o‘tgan yili pastlagandi, biroq Bundesliga, A seriya va Chempionlar ligasi rekord reyting natijalarini ko‘rsatdi, "Formula-1" translyatsiyalari ham 2015 yilga nisbatan ko‘proq tomoshabin yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. 

5. Under Armour

Foto: Getty Images 

Brend qiymati: 4,4 milliard dollar
Yillik dinamikasi: –20 foiz

Olti yillik shiddatli o‘sish va yiliga 20 foizdan ko‘proq daromaddan keyin kelgusi bir necha yilda Under Armour'ning nisbatan cheklangan o‘sishi taxmin qilinmoqda. O‘tgan yili kompaniya aksiyalari narxi 50 foizga pasaydi. 

6. MLB Advanced Media

Foto: Getty Images 

Brend qiymati: 2,4 milliard dollar
Yillik dinamikasi: +9,1 foiz

Beysbol biznesi shu qadar barqarorki, hatto BAMtech bo‘limining sotilishidan keyin ham MLBAM kompaniyasi (Beysbol jahon ligasining dijital yo‘nalishi uchun javobgar) hech bo‘lmaganda, 400 million dollar operatsion daromad ko‘rsata oladi.

7. UFC

Foto: Getty Images 

Brend qiymati: 2 milliard dollar
Yillik dinamikasi: 0 foiz

MMA-promoushenning translyatsiyalar sotuvi daromadining o‘sishi to‘xtab qoldi, biroq xarajatlarning kamayishi hisobiga operatsion daromad o‘sdi.

8. YES Network

Foto: Reuters

Brend qiymati: 1,4 milliard dollar
Yillik dinamika: 0 foiz

YES Network — iste'molchi uchun eng qimmat (oyiga o‘rtacha 5,36 dollar) va shu bilan birga, eng mashhur mintaqaviy teletarmoq, biroq o‘tgan yili kompaniya daromadi pasaydi - bunga asosan Comcast kabel provayderi bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘ldi. Tomonlar 2017 yilning boshidagina kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘lishdi. 

9. Reebok

Foto: Getty Images 

Brend qiymati: 800 million dollar
Yillik dinamika: 0 foiz

2016 yilda Reebok sotuvlari umumiy hisobda 6 foizga o‘sdi, Classic casual-segmentida esa o‘sish ikki raqamli  foizlarga ega bo‘ldi, yugurish va mashq qilish ekipirovkasi yo‘nalishida esa - 5 foiz. 

10. NESN

Foto: Getty Images 

Brend qiymati: 650 million dollar
Yillik dinamika: 13,3 foiz

Amerikalik teletomoshabinlar borgan sari qimmat kabel kanallaridan voz kechishmoqda yoki obunalar sonini qisqartirishmoqda. Bunday tendensiya Uoll Stritni xavotirga soldi, albatta va NESN (New England Sports Network) kabi yirik mintaqaviy  telekompaniyalarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga salbiy ta'sir qildi. So‘nggi ikki yilda kompaniya bahosining EBITDA (soliqlar, qarzlar bo‘yicha foizlar to‘lashdan oldingi daromad)ga nisbati NESN'da 12-o‘rindan 9-o‘ringa tushdi.  

Mavzuga oid