Jahon | 10:05 / 07.11.2017
38400
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni: Livan bizga urush e'lon qildi

Foto: CC BY-SA 4.0 / B.alotaby /

Saudiya Arabistonining fors-arab ko‘rfazi ishlari bo‘yicha davlat vaziri Samir Al-Sabxonning ma'lum qilishicha, Ar-Riyod Livanni mamlakatga urush e'lon qilayotgan davlat sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

"Biz Livan hukumatiga Hezbollah jangarilari tufayli urush e'lon qilayotgan hukumat sifatida munosabatda bo‘lamiz", - deya ma'lum qildi vazir. Uning qo‘shimcha qilishicha, Livan hukumati “Hezbollah” jangarilarining Saudiya Arabistoniga nisbatan “tahdidi” haqida bilishi lozim. 

Al-Sabxonning qo‘shimcha qilishicha, ushbu harakat jangarilari Saudiya Arabistoniga xavf tug‘dirgan barcha teraktlarga aloqador. U harakatni Saudiya Arabistoniga giyohvand moddalar kontrabandasi, shuningdek, saudiyalik yoshlarni terrorizm bilan bog‘liq ta'limda aybladi. 

Uning ta'kidlashicha, Ar-Riyod Livan hukumatidan harakatning “tajovuzkorligini” bosib tura olishini kutmoqda.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, Livan bosh vaziri Saad Haririy iste'foga bosim ostida chiqqani haqidagi bayonotlar “livanliklar e'tiborini chalg‘itish” maqsadida qilindi.

Livan bosh vaziri Saad Haririy 4 noyabr kuni iste'foga chiqishi haqida ma'lum qildi. U bu vaqtda Ar-Riyodda bo‘lgan. Haririy Eron va “Hezbollah” shialar harakatini Livanda nifoq keltirib chiqarishda aybladi, hamda o‘ziga suiqasd uyushtirishmoqchi bo‘lganini bilib qolgani haqida ma'lum qildi.Saudiya Arabistoni, Livan 

Mavzuga oid