Jahon | 19:40 / 07.11.2017
11124
1 daqiqa o‘qiladi

Uelsda hukumat vaziri lavozimini yo‘qotdi va o‘zini o‘ldirdi

Foto: ITV Wales News

Uels hukumati vaziri Karl Sarjyent Konnax Kuey shahridagi uyidan jonsiz holda topildi. BBC News xabariga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan.

3 noyabr kuni Sarjyent hukumatdagi ishidan ketgandi, bunga bir necha ayol tomonidan unga ayblov bildirilgani sabab bo‘lgandi. Bu ayblovlar nimalarni nazarda tutgani ma'lum emas. Sarjyentning o‘zi o‘shanda tafsilotlar o‘ziga ham ma'lum emasligini aytgandi.

Sarjyent Leyboristlar partiyasi a'zosi edi. Partiya ichida unga nisbatan ayblov yuzasidan tekshiruv boshlangandi.

Politsiya hozircha sobiq vazirning o‘limi yuzasida hech qanday izoh bermadi.

Uels bosh vaziri Karuin Jons esa Sarjyent ishtirokidagi bir necha voqea haqidagi gaplar hukumatgacha ham yetib borgandi. Shundan so‘ng, u lavozimdan chetlatilgan.

Mavzuga oid