Sport | 08:25 / 08.11.2017
17964
1 daqiqa o‘qiladi
Video: Hakam o‘yin vaqtida «Manchester Yunayted» futbolchisini ortda qoldirdi
Angliyalik 39 yoshli futbol arbitri Entoni Teylor «Manchester Yunayted» futbolchisi Jyessi Lingarddan chopqirroq chiqdi. U bu futbolchini «qizil iblislar»ning «Chelsi»ga qarshi o‘yini vaqtida ortda qoldirib ketgan.
Bu holat tasvirlangan videoda hakam va futbolchi bir nuqtada bir vaqtda tezlik olgani, ammo mezbonlarning o‘yin oxiridagi qarshi hujumini kuzatish uchun tezroq chopgan referi ilgarilab ketganini ko‘rish mumkin.
Uchrashuv London klubining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Qayd etish kerakki, ayni vaqtda 24 yoshda bo‘lgan hujumchi o‘yinga 78-daqiqada zaxiradan qo‘shilgandi.