Jahon | 16:50 / 15.11.2017
12791
1 daqiqa o‘qiladi

Harbiylar prezident Mugabeni garovda ushlab turibdi

Foto: Reuters

Zimbabveda harbiylar mamlakat prezidenti Robert Mugabe va uning qo‘riqlash xizmati xodimlarini garovda ushlab turishibdi, deb xabar bermoqda News24 portali.

Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, Mugabe iste'foga chiqishga tayyorlanmoqda, shuningdek, u rafiqasi mamlakatdan chiqib ketishi bo‘yicha armiya bilan kelishib olishning uddasidan chiqqan.

Avvalroq Zimbabve harbiy qismlari Hararega zirhli texnika kolonnasi yo‘lga chiqqani xabar qilingandi. Shuningdek, telemarkaz binosi harbiylar tomonidan egallab olingani va poytaxtda portlashlar sodir bo‘lgani haqida ma'lumotlar tarqaldi.

Keyinchalik harbiylar o‘z harakatlari “hukumatni harbiy yo‘l bilan egallab olish” emasligi, balki “jinoyatchilarga” qarshi qaratilganini ma'lum qilishdi.

93 yoshli Mugabe noyabr boshlarida o‘z o‘rinbosari Emmerson Mnangagvani ishdan bo‘shatdi, u keyingi davlat rahbari sifatida ko‘rilayotgandi hamda harbiylarning qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lgan.

Mavzuga oid