O‘zbekiston | 11:50 / 15.11.2017
10125
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «LUKOYL» va boshqa hamkorlar o‘rtasida IT ta'lim bo‘yicha yangi kelishuv imzolandi

14 noyabr kuni Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida «Xalqaro kompaniyalarda milliy kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish» an'anaviy anjumani tashkil etildi. 

Tadbir davomida «LUKOYL» kompaniyasi, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali, «Ochiq Respublika» Boshqirdiston Respublikasi axborotlashtirish va tizim faoliyati masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda qo‘shimcha kasb-hunar ta'limining nodavlat avtonom tashkiloti Ufa o‘quv markazi «BOShNeFTXIM» o‘rtasida  yangi kelishuv imzolandi.

Anjumanda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar berishicha, mazkur kelishuv asosida IT asosidagi ta'lim, elektron va masofaviy o‘qitish texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish va yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan. 

Anjumanda neft va gaz sohasining yetakchi kompaniyalari rahbarlari, davlat organlari va o‘quv muassasalari vakillari, O‘zbekiston, Rossiya, Kozog‘iston va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan yirik kompaniyalarning kadrlar bo‘limlari vakillari ishtirok etdi. 

Ma'lumot o‘rnida: Bugungi kunda O‘zbekistondagi «LUKOYL» kompaniyasida 2000dan ortiq kishi faoliyat olib boradi. Bundan keyin kompaniya xodimlar sonini 3 mingdan ko‘proq kishiga yetkazish rejalashtirgan.

2016 yilda «LUKOYL» OAJ va «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi o‘rtasida neft va gaz sanoati uchun kadrlar tayyorlashda o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolangan.

Mavzuga oid