Fan-texnika | 14:55 / 17.11.2017
4551
2 daqiqa o‘qiladi

Internet-kompaniya 1 yildan so‘ng haydovchisiz avtobusni taqdim etmoqchi 

Foto: tistory.com

Xitoyning Baidu internet-kompaniyasi 2018 yilning o‘rtalariga kelib haydovchisiz avtobuslarni ishlab chiqarib, sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu haqda China Daily gazetasi xabar berdi.

"Kompaniya direktorlar kengashi raisi va bosh direktori Robin Lining ma'lum qilishicha, Baidu Xitoyning Xiamen King Long United Automative Industry tijorat avtomobillari ishlab chiqaruvchisi bilan birga, 2018 yilning iyuliga qadar haydovchisiz avtobuslarni tajriba tariqasida foydalanishga topshirish hamda ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, ular tegishli tumanlarga qatnaydi", - deya yozadi gazeta.

Nashrning ta'kidlashicha, Baidu 2018 yilda haydovchisiz yengil avtomobillarni sinovdan o‘tkaza boshlaydi, 2020 yilga kelib esa ularni ommaviy ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. "Kompaniya haydovchisiz avtomobillarni 2020 yildan boshlab ommaviy ishlab chiqarish imkoniyati borligi haqida xabar berdi, biroq uning rahbariyati bu maqsadga vaqtliroq erishish ham istagida", - deya ta'kidlaydi China Daily.

«Xuddi o‘q kabi» - Mask Tesla’ning haydovchisiz yuk mashinasini namoyish etdi

"Biz Xitoyning JAC Motors hamda BAIC Group ishlab chiqaruvchilari bilan haydovchisiz avtomobillarni 2019 yilda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysak, Chery Automobile bilan bu 2020 yilda yuz beradi", - deya kompaniya rahbarining so‘zlarini keltiradi nashr.

Mavzuga oid