Jahon | 18:44 / 23.11.2017
10026
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar ilk klonlashtirilgan itni qayta klonlashdi

Foto: Nature

Xalqaro tadqiqotchilar guruhi ilk klonlashtirilgan itni irsiy o‘xshash bo‘lgan hayvonlar bir xil taqdirli bo‘lishi yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida qayta klonlashgan. 

Seul milliy universiteti, Michigan shtati universiteti va Illinoys universiteti olimlari Scientific Reports jurnalida ushbu tadqiqotga doir maqola e'lon qilishdi. Guruhning ma'lum qilishicha, ular haqiqiy itni klonlashganda, klon hayvonning yashab ketish qobiliyati va uning qarish jarayoni va tug‘ma nuqsonlarga qanchalik chalinishi mumkinligini aniqlashni maqsad qilishgan. 

2005 yili Toy nomli afg‘on ko‘ppagi klonlashtirilgan edi. Seul milliy universiteti olimlari Toy hujayralarini urg‘ochi donor tuxum hujayralariga joylashtirib, keyinroq uni donor it uterusiga joylashtirishgandi. 

Ushbu tadqiqot natijasida dunyoga kelgan Snupi Seul milliy universitetida yaxshi va sog‘lom hayot kechirdi va o‘n yoshga kirganida saratondan halok bo‘ldi. Klon uchun namuna olingan Toy ham 12 yoshida saratondan o‘lgan edi. 

Snupi 5 yosh bo‘lganda tadqiqotchilar uning hujayralaridan olishdi va 94 ta homilani implantatsiya qilishda foydalanishdi. Buning natijasi o‘laroq 4 kuchuk dunyoga kelgan. 

Ular tug‘ilganidan 4 kun o‘tgach bittasi nonormal diareyadan halok bo‘lgan. Qolgan 3 kuchuk maqola yozilayotgan vaqtda 9 oylik bo‘lib, sog‘lom hayot kechirayotgan edi. Tadqiqot natijasi esa, klon itning klonlari 7 yoshga kirganida e'lon qilinmoqda. 

Mavzuga oid