Jahon | 14:35 / 24.11.2017
11869
1 daqiqa o‘qiladi

«Ayovsiz kaltaklangan». Zimbabve sobiq moliya vaziri politsiyaga topshirildi

Foto: AFP

Zimbabvening sobiq moliya va iqtisodiy rivojlanish vaziri Ignasius Chombo politsiyaga topshirildi. U avvalroq harbiylar tomonidan qamoqqa olingandi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi siyosatchining qarindoshiga tayangan holda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq vazir hibsda saqlanish paytida harbiylar tomonidan ayovsiz kaltaklangan. Mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari vakili Cheriti Charamba esa bunday ma'lumotlarga ega emasligi haqida ma'lum qildi.

Reuters ma'lumotlariga qaraganda, Chombo mamlakatning 93 yoshli sobiq prezidenti Robert Mugabe rafiqasi Greysga yaqin bo‘lgan. Mugabe xonim esa sobiq vitse-prezident Emmerson Mnangagvaning asosiy siyosiy raqibi edi. Aynan Mnangagvaning egallab turgan lavozimidan 6 noyabr kuni ozod etilishi tufayli harbiylar qat'iy harakatlarni boshlab yuborishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mugabelarning mulki musodara etilishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid