Sport | 17:23 / 26.11.2017
14165
1 daqiqa o‘qiladi

Sanjar Tursunov ham kumush medal bilan kifoyalandi

Bugun, 26 noyabr kuni Rossiyaning Beloyarskiy shahrida boks bo‘yicha «Neft mamlakatlari kubogi» final janglari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 4 bokschisi ringga ko‘tarildi. 

O‘zbekiston terma jamoasining so‘nggi bokschisi -91kg vazn toifasidagi Sanjar Tursunov rossiyalik sportchi Vasiliy Zveryanga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Uch raund yakuniga ko‘ra, hakamlarning yakdil qarori bilan Sanjar Tursunov raqibiga imkoniyatni boy bergani qayd etildi va u musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, bungacha yangi vaznda ishtirok etgan Hasanboy Do‘smatov ushbu xalqaro turnirning -52 kg vaznida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Iqboljon Xoldorov va Isroil Madrimov kumush medal bilan kifoyalangandi.

Mavzuga oid