Jahon | 09:15 / 29.11.2017
19728
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya podshohi bo‘lishga da'vogarlik qilgan shahzoda 1 milliard dollar evaziga ozod qilindi

Foto: Faisal Nasser/Reuters

Saudiya Arabistoni podshohligiga yetakchi da'vogarlardan biri sanalgan va korrupsiyaga qarshi surishtiruv ishlari doirasida qo‘lga olingan shahzoda Mutayib bin Abdulla 1 mlrd dollar evaziga ozodlikka qo‘yib yuborilgan. Bu haqda Reuters Saudiya Arabistonidagi amaldorga tayangan holda xabar bermoqda.

Shuningdek amaldorning ta'kidlashicha, yana uch kishi hukumat bilan «kelishuvga» erishgani tufayli ozodlikka qo‘yib yuborilgan.

Avvalroq valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud The New York Times’ga bergan intervyusida Saudiya Arabistonida korrupsiyada ayblangan shahzodalar va milliarderlarning aksariyati o‘z mablag‘larining bir qismini ozodlikka chiqish evaziga berishga rozi bo‘lishgani haqida aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid