O‘zbekiston | 09:34 / 30.11.2017
9658
1 daqiqa o‘qiladi
Xotamjon Ketmonov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga jo‘nab ketdi
2017 yilning 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari, Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Xotamjon Ketmonov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi va xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari o‘rtasida oliy darajadagi muloqotda ishtirok etish uchun Pekin shahriga jo‘nab ketdi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasidan Parlamentning quyi palatasi deputatlari, Oliy Majlisga saylangan siyosiy partiyalar va O‘zbekiston Ekologik harakati rahbarlari o‘rin olgan.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:51 / 24.04.2023