AQShda bitkoin rasman tan olindi
AQShning tovar fyucherslari bilan savdo bo‘yicha komissiyasi bitkoinlar uchun fyucherslar sotishga ruxsat berdi. Bu haqda 1 dekabrda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.
Birinchi bo‘lib ruxsatni Chikago tovar birjasi va Chikago opsionlar birjasini boshqaruvchi Global Markets Inc. olgan. Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, bitkoinlarda ilk savdolar 18 dekabrda bo‘lib o‘tish mumkin.
Bundan tashqari, binar opsionlarni bitkoinga Cantor Exchange brokeri orqali xarid qilish mumkin.
“Bitkoin – bu virtual valyuta, bu biz avval hech duch kelmagan tovar. Biz savdo maydonchalarida qat'iy monitoring olib borilishini kutmoqdamiz”, deb aytgan komissiya rahbari Kristofer Jankarlo.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024