Kiyevdagi ilk karshering xizmati uchun Ravon R2 avtomobillari xarid qilindi
Ukraina poytaxti Kiyevda ilk karshering xizmatini yo‘lga qo‘yayotgan “Getmankar” kompaniyasi 30 ta Ravon R2 (Spark) avtomobilini sotib oldi. Bu haqda autoconsulting.com.ua xabar bermoqda.
Karshering avtomobillarni ijaraga olishning o‘ziga xos turi bo‘lib, u mobil dastur yordamida amalga oshiriladi. Mashinani topish, ochish va yopish, ijara haqini to‘lash uchun smartfon qo‘llanadi. Bu xizmatda mijoz mashinani belgilangan hudud ichida istalgan joyda qoldirishi mumkin.
Ravon R2 avtomobili ushbu xizmat uchun zarur bo‘lgan barcha tekshiruvlardan o‘tib, qolgan markalarni ortda qoldirdi. “Getmankar” rahbari Taras Getmanskiyning aytishicha, dastlab uni mashinaning narxi va unga xizmat ko‘rsatish qiymati jalb qilgan. Biroq mashina 4 oy ekspluatatsiya qilingandan keyin uning o‘lchamlari Kiyevning tirband ko‘chalarida harakatlanish va parkovka qilish uchun ideal mos kelishi aniqlandi. Shuningdek, mashinada avtomat uzatmalar qutisi, konditsioner va oynako‘targichlarning borligi ham muhim rol o‘ynagan.
Ravon’ning rasmiy dileri “TSM Inter-Avto” kompaniyasi O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev va “Ukr-UzAvto” distribyutorlik kompaniyasi bosh direktori Farhod Abdullayev ishtirokida “Getmankar” karshering operatoriga 30 ta Ravon R2 avtomobilining kalitlarini topshirdi. Xizmat 2018 yil yanvardan rasman o‘z ishini boshlashigacha uning avtoparkida 100 ta mashina bo‘ladi. Getmanskiyning aytishicha, avtomobillar miqdorini har million kishiga 1000 taga yetkazish kerak. Shunga ko‘ra, 3 mln lik aholiga ega Kiyevga 3 mingta mashina kerak bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, ushbu xizmatdan foydalanish uchun haq to‘lashning bir necha turi mavjud: minut bo‘yicha 4,2 grivnadan 6 grivnagacha; soatbay xizmat uchun 50-60 grivna va kunbay 990 grivna. Har bir tarif yoqilg‘i narxini o‘z ichiga olgan.
Mavzuga oid
13:14 / 25.12.2024
El Pais: Kiyev YeIdan ukrainalik qochqinlarga to‘lovlarni qisqartirishni so‘ramoqda
08:08 / 25.12.2024
Kiyev RFning muzlatilgan aktivlaridan milliard dollar oldi
10:30 / 24.12.2024
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
14:32 / 20.12.2024