Sport | 21:20 / 10.12.2017
11036
2 daqiqa o‘qiladi

Runi «Liverpul»ni ochkolardan mahrum qildi

Angliya Premer-Ligasining 16-turida «Enfild» stadionida «Liverpul» va «Everton» o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mersisayd derbisi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Qizillar jamoasi birinchi bo‘limda hisobni ochishgandi — 42-daqiqada Muhammad Saloh hisobni ochdi. 77-daqiqada esa Ueyn Runi penaltidan unumli foydalandi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Endilikda APL turnir jadvalida «Liverpul» 30 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda, 19 ochkosi bor «Everton» 10-pog‘onada joylashgan.

Angliya chempionati
16-tur

Liverpul – Everton 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 42 Saloh, 1:1 – 77, penalti Runi.
Liverpul – Minole, Lovren, Robertson, Gomes, Klavan, Oksleyd-Chemberlen (Koutino, 78), Milner, Mane, Xenderson, Saloh (Firmino, 67), Solanke (Ingz, 82).
Everton – Pikford, Xolgeyt, Martina, Kenni, Uilyams, Devis (Lennon, 46), Guyye, Sigurdsson, Kelvert-Lyuin, Nyasse (Shnayderlin, 46), Runi (Djagelka, 83).
Ogohlantirishlar: Sigurdsson (36), Guyye (42), Lovren (76), Shnayderlin (85).

Mavzuga oid