Sport | 23:35 / 11.12.2017
10967
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yoshlari Para-Osiyo o‘yinlarida suzish bo‘yicha ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

8-14 dekabr kunlari Dubay shahrida  yengil atletika, suzish va pauerlifting sport turlari bo‘yicha Yoshlar o‘rtasida Para-Osiyo  o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur musobaqaning ilk kunlaridanoq hamyurtlarimiz sportning suzish turi bo‘yicha ishtirok etib,  O‘zbekiston hisobiga 2 ta oltin medalni kiritishdi. Bular:

Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Abduraimov Muhammad                           - 100 m (batterflay) (1:02.20)

Yangiboyev Akbar                                         - 100 m (chalqancha) (1:12.86)

 

Mazkur yoshlar Para-Osiyo  o‘yinlarida 30 davlatdan 800 nafarga yaqin sportchi 7 paralimpiya sport turi bo‘yicha bahs olib bormoqda. Shulardan 17 nafari O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasidan bo‘lib, vatanimiz sharafini munosib himoya etishmoqda.

 

 

 

Mavzuga oid