Iqtisodiyot | 19:09 / 16.12.2017
82829
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident barcha turdagi tovarlar bo‘yicha eksport bojxona bojlarini bekor qildi

Foto: Fotolia

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 15 dekabrdagi farmoniga binoan barcha turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari va tovarlarni eksport qilishni litsenziyalash bekor qilindi.

Davlat rahbari 15 dekabr kuni «Eksportni rag‘batlantirish va mahalliy tovarlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

Hujjatda barcha turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari va tovarlarni eksport qilishni litsenziyalashni bekor qilish nazarda tutilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muayyan tovarlar bundan mustasno.

Bundan tashqari, o‘z mahsulotlarini eksport qiluvchi barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga xorijda savdo uylari va vakolatxonalarini tashqi bozorlarni marketing tadqiqot qilish hamda o‘z mahsulotlarini reklama qilish uchun ochishga ruxsat berildi. Ular konsignatsiya shartlarida tovarlarini yetkazib berishlari ham mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muayyan tovarlar bundan mustasno.

Hujjatning to‘liq matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Mavzuga oid