Sport | 12:15 / 16.12.2017
15152
2 daqiqa o‘qiladi

Javohir Siddiqov eng yaxshi futbolchi bo‘ldi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandning Buriram shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada munosib ishtirok etib, yakunda bosh sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

«Qo‘qon-1912» jamoasi futbolchisi Javohir Siddiqov musobaqaning «Eng yaxshi o‘yinchisi» sovriniga munosib deb topildi, deya xabar bermoqda O‘FF rasmiy sayti.

«Bu O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi dastlabki shaxsiy sovrinim. Terma jamoadagi barcha do‘stlarimga, murabbiylarga katta rahmat aytmoqchiman. Bu hali boshlanishi. Katta g‘alabalar hali oldinda», - deya gapirib o‘tgan Siddiqov.

Shuningdek terma jamoa sardori Zabihillo O‘rinboyev final uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Hujumchi final uchrashuvida dubl qayd etgan bo‘lsa, o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Zabihillo O‘rinboyev uchrashuvdan so‘ng finalning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e'tirof etildi va maxsus sovrinni qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro musobaqada dastlab guruhda Myanmaga qarshi uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa,ikkinchi uchrashuvda esa Vetnam terma jamoasi 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratilgandi. Guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoamiz a'zolari finalga yo‘l olishdi.

Finalda Osiyoning eng kuchli terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahs olib borgan Ravshan Haydarov shogirdlari penaltilar seriyasidagi g‘alaba evaziga bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi.

Mavzuga oid