Fan-texnika | 23:18 / 18.12.2017
5883
2 daqiqa o‘qiladi

NASA 3D-printerda bosib chiqarilgan dvigatelni sinovdan o‘tkazdi

Foto: Getty Images

Uch o‘lchovli bosma nafaqat ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi, balki turli asboblarni yaratishni yengillashtirishi mumkin. Shu sababli, hatto katta agentliklar ham qurilmalar yaratishda 3D-bosmani tobora kengroq qo‘llamoqda. Yaqinda AQShning aerokoinot agentligi NASA 3D-printerda bosilgan dvigatelning ilk sinovlarini o‘tkazdi.

Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tganini VistaNews portali ma'lum qildi. Nashr tahririyatining ta'kidlashicha,  RS-25 dvigateli sinovlaridan biri 13 dekabrda o‘tgan. O‘shanda olimlar dvigatelning barcha bo‘g‘inlari ishlashini tekshirishdi va raketa ishga tushirib ko‘rildi. 17 dekabrda o‘tkazilgan yana bir sinov esa parvoz kontrolyorini o‘rnatish va sozlash tizimi ishini tekshirishga imkon bergan.

RS-25 dvigateli balandligi 16 metr keladigan raketa dvigateli bo‘lib, u Space Shuttle sinfidagi koinot qurilmalarini osmonga biror-bir qiyinchiliksiz ko‘tara oladi. NASA muhandislarining ta'kidlashicha, dvigateli printerda bosib chiqarilgan raketaning ilk parvozi 2019 yilga belgilangan.

Mavzuga oid