Jahon | 19:50 / 19.12.2017
10646
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaning yaqinda safga kiritilgan eng yirik aviatashuvchi kemasida nosozlik aniqlandi

Foto: Gareth Fuller/PA

Britaniyaning yangi “Qirolicha Yelizaveta” aviatashuvchi kemasida flot tarkibiga kiritilgandan bir oy o‘tib nosozlik aniqlandi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.  

3,1 mlrd funt sterling turuvchi, Britaniya flotining eng yirik aviatashuvchi kemasining ichiga suv sizib kirayotgani aniqlangan.

“Val zichlagichida muammo aniqlangan. Endi kema ta'mirga jo‘natiladi”, deb aytgan Qirollik harbiy-dengiz floti vakili.

“Qirolicha Yelizaveta” Britaniya floti tarixidagi eng yirik avitashuvchi kema bo‘lib, uning palubasi maydoni 3 ta futbol maydoniga teng. Aviatashuvchi kema 45 km/soat tezlik bilan harakatlana oladi, uning suv sig‘imdorligi 65 ming tonnani, palubasi uzunligi 280 metrni, eni 70 metrni tashkil qiladi.  

Mavzuga oid