Jamiyat | 22:30 / 21.12.2017
21204
2 daqiqa o‘qiladi

Eski mashina sahrodagi mini-mehmonxonaga aylantirildi

Foto: Mohammed Al Malaheem

Nafaqaga chiqqan iordaniyalik ishbilarmon o‘zining eski Volkswagen Kafer mashinasini sahro o‘rtasidagi mehmonxonaga aylantirdi. 

Foto: REUTERS / MUHAMMAD HAMED

64 yoshli Muhammad Al-Malahim o‘zining Al-Jaya shaharchasiga sayyohlarni jalb qilish uchun eski avtomobilini mini-mehmonxonaga aylantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mini-mehmonxona besh yulduzli mehmonxonadan qolishmaydi. 

Foto: REUTERS / MUHAMMAD HAMED

"Bu qishloq — mening vatanim. Men shu yerda tug‘ildim, ulg‘aydim va yashayapman. Shu bois menda u uchun nimadir qilish, bu yerga pullar va sayyohlarni jalb qilish istagi tug‘ildi", - deydi Muhammad. 

Foto: REUTERS / MUHAMMAD HAMED

Avvallari u gid bo‘lib ishlagan, lekin 2011 yilda nafaqaga chiqqandan keyin mehmonxona ochdi. Mashinani jihozlashga qizi yordam berdi: u choyshablar va yostiqlar tikib, eski mashinasi intererini bezadi. 

Foto: REUTERS / MUHAMMAD HAMED

Qo‘shni g‘orda erkak resepshen (ro‘yxatdan o‘tish joyi) ochgan, vannaxona va oshxona ham o‘sha yerda joylashgan, bu yerda u sayyohlarni shirinliklar bilan mehmon qiladi. Uning yonida esa Muhammad kichik suvenir rastasini ochdi.

Foto: REUTERS / MUHAMMAD HAMED

G‘ildiraklardagi mehmonxonada "barchasi ichida" tizimi bo‘yicha tunni o‘tkazish 40 iordan dinori (taxminan 58,17 dollar)ga tushadi. Nomer atigi ikki kishiga mo‘ljallangan. Biroq, mehmonlar izoh qoldiradigan minnatdorchilik kitobidagi yozuvlarga ko‘ra, torchilik mehmonlarga noqulaylik tug‘dirmaydi. 

Muhammad o‘z mehmonxonasini dunyodagi eng kichik mehmonxona deb hisoblaydi. Biroq Ginnesning rekordlar kitobida berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, dunyodagi eng kichik Eh'häusl Hotel mehmonxonasi Germaniyaning Amberg shahrida joylashgan. Uning kengligi atigi 2,5 metrga teng.

Mavzuga oid