Jamiyat | 12:47 / 23.12.2017
28216
2 daqiqa o‘qiladi

Sport zali yoki fitnes klub ochish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Foto: Thinkstock

SAVOL: Men sport zali, ya'ni trenajyor zali, fitnes klubi faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchiman. Buning uchun qayerga murojaat qilishim kerak?

Aziz Niyatov.

JAVOB: «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunda tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli ekanligi belgilangan.

«Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar» ro‘yxatining 171-bandida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini foydalanishga ruxsat berishi belgilangan.

«Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra, tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirkorlik sub'yektlariga «Yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Savolga Adliya vazirligi mas'ul xodimi Nusratullo Parpixo‘jayev javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Mavzuga oid