Peterburgda o‘zbekistonlik migrant jonlantirish bo‘limiga yotqizildi
O‘zbekistonlik shaxs Sankt-Peterburgdagi Neva daryosiga tushib ketganidan so‘ng mo‘jiza tufayli omon qoldi. U daryoga Peterburgdagi Saroy ko‘prigidan payshanba, 28 dekabr kuni kechqurun tushib ketgan. Bu haqda Rossiya OAV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yosh migrant Peterburg markazida kecha sodir bo‘lgan hodisa tufayli halok bo‘lishiga bir baxya qoldi.
Tarqatilgan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning 21 yoshli fuqarosi payshanba kuni soat taxminan 17:00larda Saroy ko‘prigidan Nevaga qarab qulagan. Migrantni qutqarib qolishdi: uni Admiralteystvo sohilbo‘yidagi qirg‘oqqa chiqarib olishdi.
Muzdek suvga tushib ketgan yigit haddan tashqari darajada sovuqotgan hamda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Mavzuga oid
23:04 / 25.12.2024
Rossiyada 20 yil oldin bedarak yo‘qolgan jurnalistning qoldiqlari topildi. Uni militsiya polkovnigi o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
16:22 / 06.12.2024
Rossiya Polshaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligini yopadi
08:50 / 27.11.2024