Fan-texnika | 21:50 / 01.01.2018
10366
1 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen ishlab chiqarish rekordini o‘rnatdi

Foto: motor

Volkswagen 2017 yilda yangi ishlab chiqarish rekordini o‘rnatdi: kompaniya 6 milliondan ko‘proq mashina ishlab chiqardi. Bugungi kunda nemis konserni 14 davlatda joylashgan 50 dan ko‘proq zavodga ega.

Volkswagen 60 dan ko‘proq model ishlab chiqaradi, ulardan eng ommaviylari Jetta, Golf, Passat, Polo va Santana modellari hisoblanadi. Bundan tashqari, kompaniya Arteon fastbegi va T-Roc ixcham krossoveriga talab oshganini qayd qilmoqda.

2017 yilda kompaniya Transform 2025+ strategik rejasi doirasida 10 ta yangi modelni taqdim qildi. Keyingi bir necha yil davomida kompaniya bozorning krossover va elektrokarlar segmentida ishtirokini kengaytirmoqchi hamda 2020 yilgacha 19 ta yo‘ltanlamas modelini ishlab chiqarmoqchi.

2020 yildan keyin markada yangi arxitektura bo‘yicha quriladigan elektromobillar oilasi paydo bo‘ladi. Bu qatorning ilk modellari I.D., I.D. Crozz va I.D. Buzz bo‘ladi.

Mavzuga oid