Stokholmdagi metro stansiyasi yaqinida portlash yuz berdi
7 yanvarda Stokholm janubidagi metro stansiyasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Portlashga qo‘l granatasi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda politsiya vakili Lars Alvarshyo SVT telekanaliga ma'lum qildi.
“Gap jangovar portlovchi qurilma haqida ketmoqda. Ayni vaqtda biz bu qo‘l granatasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqdamiz. Bu granatalar ko‘pincha sobiq Yugoslaviyadan keltiriladi. Ehtimol, ular qayerdadir yerto‘lada ko‘p yillar davomida yotgan bo‘lishi va xavf tug‘dirishi mumkin. Biz bu granatalar oldinroq portlamaganidan taajjubdamiz”, deb aytgan politsiyachi.
Portlash haqidagi xabar Toshkent vaqti bilan 15.07da olingan. Ma'lum qilinishicha, voqea oqibatida 60 yoshli erkak jarohat olgan. Keyinroq u shifoxonada vafot etgan. Voqea joyida u bilan birga 45 yoshli ayol hamrohi bo‘lgan. Ayolning aytishicha, erkak bir buyumni yerda yotganini ko‘rib, uni olishga qaror qilgan. Shunda buyum uning qo‘lida portlab ketgan. Ayol ham jarohat olgan.
Politsiya ushbu hodisani terakt sifatida tasniflamayapti.
Mavzuga oid
14:40 / 17.12.2024
O‘zbekiston Stokholm va Helsingborgda savdo uylarini ochmoqchi
12:40 / 04.10.2024
Stokholmda muqobil Nobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi
07:42 / 05.09.2023
Stokholm va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar ochiladi
12:05 / 27.08.2023