O‘zbekiston | 11:20 / 08.01.2018
12801
1 daqiqa o‘qiladi

Qibray uchun issiqlik energiyasining yangi tarifi tasdiqlandi

Foto: O‘zbekenergo

O‘zbekiston Moliya vazirligi 29 dekabr kuni Toshkent IESning poytaxt viloyati Qibray tumani uchun ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasiga yangi tarifni tasdiqladi. U 2018 yil 20 yanvardan kuchga kiradi. Bu haqda Gazeta.uz xabar tarqatdi.

«Issiqlik manbai» korxonasidan tashqari, barcha iste'molchilar, jumladan ulgurji iste'molchi-qayta taqsimlovchilar uchun issiq suv va bug‘ uchun yangi tarif 1 Gkal uchun 62600 so‘m (joriy tarif — 57520 so‘m) etib belgilandi. «Issiqlik manbai» korxonasi uchun tarif o‘zgarishsiz qoladi – 1 Gkal uchun 57520 so‘m. Tarif QQSni o‘z ichiga oladi.

29 dekabrda tasdiqlangan yangi tariflar kuchga kirishi munosabati bilan 2017 yil 4 avgustdagi tariflar o‘z kuchini yo‘qotadi.

Mavzuga oid