Jamiyat | 09:26 / 10.12.2024
16461
1 daqiqa o‘qiladi

Qibraydagi osh markazida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa joyiga 16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va FVV rahbarining birinchi o‘rinbosari yetib borgan. 

Foto: Videodan kadr

Bugun, 10 dekabr kuni soat 03:49 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent viloyati, Qibray tumani, «G‘afur G‘ulom» MFY, A.Navoiy ko‘chasida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning birida (osh markazi) yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, 16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:54 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:10 da o‘rab olingan va soat 05:50 to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari - shtab boshlig‘i polkovnik S.Zuparov, viloyat FVB rahbariyati hamda tegishli tashkilotlar rahbar xodimlari yetib borgan.

Mavzuga oid