Jamiyat | 09:42 / 08.01.2018
13966
1 daqiqa o‘qiladi

To‘ng‘iz kafega tashrif buyurganlarga hujum qildi (video) 

Janubiy Koreyaning Kumi shahridagi kafelardan biriga to‘ng‘iz bostirib kirib, u yerdagi odamlarga hujum qildi.

Mahalliy OAVning ma'lum qilishicha, kuzatuv kameralari qayd qilgan voqea 1 yanvarda yuz bergan. To‘ng‘iz odamlarga hujum qilib, kafeni ostin-ustun qilgan. Tashrif buyuruvchilar orasida sarosima boshlangan. Ulardan ko‘pchiligi kafedan qocha boshlagan, qolganlari esa qo‘llariga tushgan narsa bilan himoyalanishgan. Oxir-oqibat to‘ng‘iz kafeni tark etgan.

Kafe egasining aytishicha, to‘ng‘izni kafega u yerdan anqib turgan taomlar hidi jalb qilgan.

Mavzuga oid