O‘zbekiston | 23:47 / 11.01.2018
58615
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijga ruxsatsiz olib chiqish mumkin bo‘lgan valyuta miqdori belgilandi

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 6 dekabrdagi “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, O‘zbekistondan tashqariga hech qanday ruxsatlarsiz 5000 dollardan oshmagan miqdorda xorijiy valyuta olib chiqishga ruxsat berildi. Shu bilan birga jismoniy shaxslar tomondan O‘zbekistonga cheklanmagan miqdorda xorijiy valyuta olib kirish mumkin.

2018 yil 1 yanvarigacha O‘zbekistonga ruxsatsiz olib kirish va olib chiqish mumkin bo‘lgan xorijiy valyutaning maksimal summasi 2000 dollarni tashkil qilgan. 

Mavzuga oid