Jahon | 22:07 / 17.01.2018
11365
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: Yer yuzida ichki chuchuk suv havzalarining 70 foizi yo‘q bo‘lib ketgan

1900 yildan buyon Yer sirtidagi ichki chuchuk suv havzalarining 70 foizi yo‘q bo‘lib ketgan. Osiyo qit'asi bo‘yicha olinsa, bu ko‘rsatkich yanada yuqoriroqdir. Bularning barchasi BMTning atrof-muhit muhofazasi dasturi (UNEP) da qayd etilgan, deb yozadi BMT rasmiy sayti.

BMT yangiliklar Markazining xabar berishicha, so‘nggi 40 yil ichida flora va faunaning chuchuk suv havzalarida umrguzaronlik qiluvchi turlari 81 foizga qisqargan — bu esa quruqlikda va dengizda yashovchilarning qirilish sur'atlaridan ikki barobardan ham ko‘proq degani.

Chuchuk suvda yashovchi turlarning bunday shiddatli qisqarishiga bosh sabab sifatida ular yashaydigan muhitning degradatsiyaga uchrashi keltirilmoqda.

Ko‘llar, daryolar, suvli botqoqlar kabi chuchuk suv havzalari inson hayoti, sog‘lig‘i va farovonligi uchun o‘ta zarur. Ular ichimlik suv manbasi va chuchuk suvda yashovchi organizmlarning makoni hisoblanadi.

Chuchuk suv dunyodagi suv zaxirasining atigi 0,01 foizini tashkil etadi, biroq unda yashovchilar sayyoramizda aniqlangan barcha jonivorlarning 6 foiziga teng.

Mavzuga oid