O‘zbekiston | 14:00 / 18.01.2018
25132
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda Aqto‘bedagi hodisa bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

Foto: Tengrinews

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan fojiani o‘rganish va jabrlanganlar va ularning oilalariga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish uchun Qozog‘istonda hukumat idoralararo komissiyasi tuzildi. Bu haqda Qozog‘iston IIV davlat tili va axborot departamenti direktori Almas Sadubayev ma'lum qilgan, deb xabar beradi Tengrinews.kz.

«Uning tarkibiga ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ye.Turgumbayev, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari A.Tsoy, investitsiyalar va rivojlantirish vazirligi rahbari o‘rinbosari R.Sklyar, Tashqi ishlar vazirligi departamenti direktori A.Madiyev, huquq-tartibot organlari va boshqa soha vakillari kiritilgan», degan Sadubayev.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston konsuli Aqto‘be viloyatiga yo‘l olgan.

«Yo‘lovchilarning fuqaroligi hozircha aniq emas, buni tasdiqlovchi ma'lumotlar hozircha yo‘q. Aniq axborotga ega emasmiz. Hozir konsul Aqto‘bega keladi», — deyishgan Tengrinews.kz’ga O‘zbekiston elchixonasidagilar.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati, Irg‘iz tumanida yonib ketgan avtobus salonida jami 57 kishi, jumladan 55 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. 52 kishi yonib ketgan, 5 kishi qutilib qolgan. Avtobusni tark etganlardan uch nafari Qozog‘iston, 2 nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani aniq.

Mavzuga oid