Hindistonlik erkak yuzlab asalarilar chaqishidan og‘riq his qilmasligini ko‘rsatdi (video)
Hindistonda Suk Muhammad Dalal ismli erkak bir necha yuzlab asalarini maykasi ichiga sololishi va ari chaqishidan og‘riq his qilmasligini ko‘rsatdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. Erkakning aytishicha, unda arilar bilan 15 yil ishlash davomida og‘riqdan immunitet rivojlangan.
Dalal asal yig‘ish vaqtida asalarilar unga xalaqit bermasligi uchun ularni maykasi ichiga soladi. Uning arilar chaqishidan lablari shishib ketadi, biroq bir finjon issiq choy unga shishdan xalos bo‘lishda yordam beradi.
Erkakning aytishicha, u avval asalarilar chaqishidan hozirgidan ko‘ra ko‘proq azob chekkan. “Bir marta meni 300dan ko‘proq ari chaqqanda, hushimni yo‘qotgandim”, deb aytmoqda erkak.
Bunday vaqtlarda unga bu kasbini tashlash xayoli ham kelgan, biroq u bunga botina olmay, asal yig‘uvchi bo‘lib qolishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024
Hindiston havoning ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlarni kuchaytirdi
21:54 / 12.12.2024