Jahon | 13:45 / 19.01.2018
111148
1 daqiqa o‘qiladi

Aqto‘be fojiasida halok bo‘lganlarning o‘limi sababi aniqlandi

Foto: Qozog‘iston FVV

Qozog‘istonning Aqto‘be oblasti hududida avtobusda yonib ketgan 52 qurbonning o‘limi sabablari ma'lum bo‘ldi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Aset Kaliyevning ta'kidlashicha, odamlar termik kuyish natijasida halok bo‘lgan.

«Biz tun bo‘yi halok bo‘lganlarning o‘limi sabablarini o‘rgandik. Patalogoanatomik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, odamlar tutun hididan zaharlanib emas, termik kuyish oqibatida halok bo‘lgan. Biz o‘z ishimizni yakunladik. Endilikda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ishni davom ettirishlari mumkin», deya Kaliyevning so‘zlarini keltiradi «Kazinform».

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq O‘zbekiston FVV hodisa qurbonlarining dastlabki ro‘yxatini e'lon qilgan edi.

Mavzuga oid