Jahon | 17:50 / 19.01.2018
14177
2 daqiqa o‘qiladi

Kosmetika vositasi reklamasi ilk bor hijobli ayolga ishonib topshirildi

Foto: Twitter/Amenaofficial

Britaniyalik byuti-bloger Amina Xon sochlar parvarishi uchun kosmetika liniyasini reklama qilishga taklif qilingan birinchi hijobli ayol bo‘ldi. Fashionista shu haqida xabar berdi.

Xonning YouTube'da 320 000 obunachisi, Instagram'da esa 570 000 folloveri bor. U o‘zining Ardere Cosmetics kosmetika brendini yo‘lga qo‘ygan. Tez orada u L'Oréal Paris sochlarni parvarish qilishga mo‘ljallangan liniyaning Buyuk Britaniyadagi "yuzi"ga aylanadi. 

Amina Xonning vazifasiga The Pink One'ning sochlar jilosi uchun  mahsulotlar seriyasi reklamasi kiradi. "Sochlarim men uchun ayollik jozibasi timsolidir. Menga ularni parvarish qilish yoqadi, ulardan xushbo‘y hid taralib turishini yaxshi ko‘raman. Boshim ro‘mol bilan yopilgan bo‘lsa-da, sochlarimning ildizi yog‘langanda o‘zimni juda yomon his qilaman", - deydi u L'Oréal Paris kompaniyasiga taqdim etilgan imkoniyat uchun minnatdorchilik bildirar ekan.

Mavzuga oid