Jahon | 14:37 / 20.01.2018
10452
1 daqiqa o‘qiladi

Parijdagi cherkov xayr-ehson pullarini yig‘ishda «inqilob» qildi

Parijning Molitor kvartalidagi Avliyo Frantsisk katolik cherkovi rahbariyati pul uchun savatchalardan birida smartfon hamda NFC-hisoblagichga ega adapterni o‘rnatdi. Buning yordamida cherkovga keluvchilar bank kartasi yoki smartfon orqali xayr-ehson pullarini qoldirishlari mumkin. 

Apparatni yaratish haqidagi g‘oya Parij yeparxiyasining moliyaviy resurslar bo‘yicha direktori Kristof Russeloga tegishli, uni amalga oshirishda esa mahalliy Actoll IT-kompaniyasi yordam berdi. Russeloning ta'kidlashicha, yangi tizimning plyuslaridan biri xayr-ehson kim tomonidan qilingani noma'lum ekanligida.

Foto: Le Parisien

Rolan Garros tennis stadioniga yaqin joyda bo‘lgan Avliyo Frantsisk cherkovi arxitektorlar Korinne Kalliz va Jan-Mari Dutiyol boshchiligida 2005 yilda qurilgan. Bino zamonaviy dizayn va 420 o‘rinlik zal bilan ajralib turadi.

Mavzuga oid